Ma'lumot & Qabul 24/7 Faol
Yagona Call-markaz +998 (71) 205-15-14
blog

Sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish muhim masala

Bugun Milliy tibbiyot markazida aholiga tez va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash hamda xizmat sifatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda  markazda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat va uni rivojlantirish masalalari, tizimdagi muammolar muhokama qilindi.

 

Yig‘ilishda markaz direktori Maqsud Saidov so‘zga chiqib, joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga to‘xtaldi. Shuningdek, hali markazda yechimini ko‘tayotgan muammolar borligi va ularni bartaraf etish borasida jamoa birlashib ish olib borishi kerakligi tushuntirildi.

– Oldimizda turgan ulkan va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda loqaydlik, beparvolik va sustkashlikka yo‘l qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q. Chunki gap inson hayoti, va uni salomatligini asrashdek hal qiluvchi masala ustida bormoqda. Shunday ekan, har bir shifokor o‘z kasbiga fidoyiligi va jonkuyarligini yanada oshirishi zarur. Ana shunda "Inson qadri" tamoyili markazimizda to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqadi, – dedi markaz direktori.

Muloqot davomida markaz xodimlarini rivojlangan davlatlarda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish, ular uchun stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, davolashning yangi usullarini joriy qilish kabi qator yo‘nalishlar haqida ham so‘z bordi.

Milliy tibbiyot markazi

Matbuot xizmati                                                                   

Bizga xabar qoldiring

Milliy Tibbiyot Markazi Milliy Tibbiyot Markazi
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Oldingi
Sarlavha
Doctor
Dr. Maqsud Saidov
Kardiolog, Bosh shifokor
Yuklanmoqda...
-5s
+5s
Kardiologiya

Stressdan qutilish va yurak salomatligi

Milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov: Kunlik stressning yurak-qon tomir tizimiga ta'siri va undan himoyalanish bo'yicha 5 ta oltin qoida.

Shifokor Qabuliga Yozilish
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Keyingi
Sarlavha