Ma'lumot & Qabul 24/7 Faol
Yagona Call-markaz +998 (71) 205-15-14
blog

Najotga aylangan saxovat: yana bir inson hayoti saqlab qolinmoqda


📌 Davlatimiz hech bir yurtdoshimizni yolg‘iz qoldirmaydi. Har bir insonga mehr va e’tibor bilan yondashish, ayniqsa, Qurbon hayiti arafasida xalqimizga xos saxovat, muruvvat va bag‘rikenglik fazilatlarining yanada yorqin namoyon bo‘layotgani bunga yaqqol misoldir.

➡️ Prezidentimizning tegishli qarori asosida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan mablag‘lar ehtiyojmand yurtdoshlarimizni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salomatligini tiklashga yo‘naltirilmoqda.

🏥 Ayni paytda Milliy tibbiyot markazida Namangan viloyatidan kelgan 36 yoshli bemorga singlisining donorligi asosida jigar transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazilmoqda.

🔹 Mazkur murakkab jarrohlik amaliyoti professor Azam Babajonov boshchiligidagi malakali mutaxassislar jamoasi tomonidan olib borilmoqda.

➡️Og‘ir sinov qarshisida turgan oila transplantatsiya uchun zarur mablag‘ni topishda qiynalayotgan bir paytda, ular uchun najot eshiklari ochildi. Amaliyot xarajatlari “Vaqf” xayriya jamoat fondi hisobidan qoplab berilmoqda.

🙏 Operatsiya xonasi eshigi oldida umid bilan kutayotgan ota-ona va bemorning yaqinlari ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Davlat rahbariga cheksiz minnatdorlik bildirdi.

✍️ Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati
.

Bizga xabar qoldiring

Milliy Tibbiyot Markazi Milliy Tibbiyot Markazi
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Oldingi
Sarlavha
Doctor
Dr. Maqsud Saidov
Kardiolog, Bosh shifokor
Yuklanmoqda...
-5s
+5s
Kardiologiya

Stressdan qutilish va yurak salomatligi

Milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov: Kunlik stressning yurak-qon tomir tizimiga ta'siri va undan himoyalanish bo'yicha 5 ta oltin qoida.

Shifokor Qabuliga Yozilish
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Keyingi
Sarlavha