Ma'lumot & Qabul 24/7 Faol
Yagona Call-markaz +998 (71) 205-15-14
blog

Milliy tibbiyot markazida xalqaro akkreditatsiya talablariga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv seminar tashkil etildi


🏥 Milliy tibbiyot markazida xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik jarayonlarini jadallashtirish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada takomillashtirish maqsadida shifokorlar va hamshiralar ishtirokida navbatdagi o‘quv seminar o‘tkazildi.



📚 Seminar davomida JCI (Joint Commission International) xalqaro standartlari, bemorlar xavfsizligi, tibbiy hujjatlarni yuritishning zamonaviy talablari, sifat menejmenti tizimi va klinik faoliyatda ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

👩‍⚕️👨‍⚕️ Shuningdek, xalqaro akkreditatsiya jarayonida tibbiyot xodimlarining o‘rni va mas’uliyati, bo‘limlararo samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ichki audit va nazorat tizimlarini takomillashtirish hamda standart talablarni kundalik amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashildi.



📈 Seminar ishtirokchilari tomonidan akkreditatsiyaga tayyorgarlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, amaliy tavsiyalar berildi.



✅ Bunday o‘quv seminarlar Milliy tibbiyot markazida xalqaro standartlarga mos boshqaruv va tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish, bemorlar xavfsizligi hamda tibbiy yordam sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bizga xabar qoldiring

Milliy Tibbiyot Markazi Milliy Tibbiyot Markazi
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Oldingi
Sarlavha
Doctor
Dr. Maqsud Saidov
Kardiolog, Bosh shifokor
Yuklanmoqda...
-5s
+5s
Kardiologiya

Stressdan qutilish va yurak salomatligi

Milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov: Kunlik stressning yurak-qon tomir tizimiga ta'siri va undan himoyalanish bo'yicha 5 ta oltin qoida.

Shifokor Qabuliga Yozilish
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Keyingi
Sarlavha