• Call: 71 2051514
  • Dush - Shan: 8.00 - 17.00
blog

Milliy tibbiyot markazi shifokorlari Samarqandning tarixiy maskanlarini ziyorat qildilar

🏨Milliy tibbiyot markazi rahbariyati tashabbusi bilan markazning bir guruh shifokorlari uchun qadimiy va navqiron Samarqandga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

🤝Ichki turizmni yanada rivojlantirish, yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni chuqurroq anglash hamda jamoa a’zolarining ma’naviy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu sayohatda 50 nafarga yaqin shifokor ishtirok etdi.

🌐Sayohat dasturi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar Samarqandning dunyoga mashhur tarixiy obidalari – Bibixonim majmuasi, qadimiy Siyob bozori, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Tillakori va Sherdor madrasalari, Ulug‘bek rasadxonasi hamda Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorat qildilar.


📚Tarix va bugunning uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan Samarqand shahri ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

✅Sayohat davomida shifokorlar buyuk ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini yanada mustahkamladilar.

‼️Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tibbiyot xodimlarining madaniy dunyoqarashini kengaytirish, jamoa birdamligini mustahkamlash hamda yurtimizning boy tarixiy merosini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati
.

Bizga xabar qoldiring