Ma'lumot & Qabul 24/7 Faol
Yagona Call-markaz +998 (71) 205-15-14
blog

🏥 Jizzax tibbiyot klastrida tarixiy voqea: ilk bor buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi

🏢Jizzax tibbiyot klastrida ilk marotaba buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Mazkur murakkab jarrohlik amaliyoti Milliy tibbiyot markazining transplantologiya bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Jasur Sobirov boshchiligidagi jamoa hamda Jizzax tibbiyot klastri shifokorlari hamkorligida o‘tkazildi.

🔥1985-yilda tug‘ilgan bemor A.S. 9 yildan buyon surunkali buyrak yetishmovchiligi kasalligi bilan kurashib kelayotgan edi. Tibbiy tekshiruvlar natijasida unga donor sifatida 1978-yilda tug‘ilgan amakivachchasi Y.A. mos kelishi aniqlandi va u yaqin qarindoshi hayotini saqlab qolish uchun donorlik qilishga rozilik berdi.

💊Mutaxassislar tomonidan yuqori saviyada tashkil etilgan operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozirda donor va retsipientning umumiy holati qoniqarli bo‘lib, ular shifokorlar nazorati ostida reabilitatsiya jarayonini davom ettirmoqda.

🩺Jizzax tibbiyot klastrida xizmat safarida bo‘lib turgan transplantologlarimiz bilan telefon orqali bog‘langanimizda, amaliyot reja asosida o‘tganini va kutilgan natijalarga erishilganini ma’lum qildilar.

👉Aytish kerakki, ushbu operatsiya hududda transplantologiya xizmatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, aholi uchun yuqori texnologik tibbiy yordam imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. 👏🩺

✍️ Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati

Bizga xabar qoldiring

Milliy Tibbiyot Markazi Milliy Tibbiyot Markazi
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Oldingi
Sarlavha
Doctor
Dr. Maqsud Saidov
Kardiolog, Bosh shifokor
Yuklanmoqda...
-5s
+5s
Kardiologiya

Stressdan qutilish va yurak salomatligi

Milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov: Kunlik stressning yurak-qon tomir tizimiga ta'siri va undan himoyalanish bo'yicha 5 ta oltin qoida.

Shifokor Qabuliga Yozilish
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Keyingi
Sarlavha