“Menda qand kasali bor, dorilarni o‘z vaqtida ichaman, lekin parhez qilishda qiynalaman. Dorilarni ichib, parhez qilmasam qand kasalim bezovta qilmaydimi?”
👩⚕️ Savolga Milliy tibbiyot markazi endokrinologi Dilafro‘z Abzalova javob beradi:
“Qandli diabetni nazorat qilishda faqat dorilarni o‘z vaqtida qabul qilish yetarli emas. Eng muhim omillardan biri — bu parhezga rioya qilishdir. To‘g‘ri ovqatlanish qon shakar miqdorini barqaror ushlab turadi va dorilarning samarali ishlashiga yordam beradi.Agar parhez buzilsa, hatto dori ichilayotgan bo‘lsa ham, qand miqdori oshib ketadi va bu asoratlar xavfini kuchaytiradi. Shuning uchun har kuni ovqatlanish tartibiga, porsiya miqdoriga va uglevodlar balansiga alohida e’tibor berish zarur.”
📍Xulosa: Qandli diabetni nazorat qilishda dori + parhez + jismoniy faollik — uchalasi birgalikda muhim.
✍️ Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati