• Call: 71 2051514
  • Dush - Shan: 8.00 - 17.00
blog

Ekologik mas’uliyat – umumiy burch!

Milliy tibbiyot markazining ekofaol xodimi – To‘ychi Xudoyqulov

Milliy tibbiyot markazining fidokor va tashabbuskor xodimlaridan biri — To‘ychi Xudoyqulov ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va yashil tashabbuslarni targ‘ib qilishda faol ishtirok etib kelmoqda.

   

U markaz hududida chiqindilarni saralab yig‘ish, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, suv va energiyani tejash bo‘yicha targ‘ibot ishlari, shuningdek, xodimlar o‘rtasida ekologik ongni shakllantirish kabi bir qator tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda.

   

Aytish kerakki, ekofaollik – bu faqat tabiatga mehr emas, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatdir. To‘ychi Xudoyqulov ana shunday yuksak tushuncha va fidoyilik bilan o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati

Bizga xabar qoldiring