• Call: 71 2051514
  • Dush - Shan: 8.00 - 17.00
blog

Ilmiy-amaliy konferensiyaga marhamat

Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti akusherlik va ginekologiya kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Tibbiyot Markazi Sizni xalqaro ishtirokdagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi. Konferensiya mavzusi: "Ginekologiyada turli yoshdagi ayollarda endokrin muammolarni individual gormonal korreksiyasi. Imkoniyatli xatarlarni maksimal bartaraf etish."

Konferensiya ishida reproduktiv salomatlik, akusherlik va ginekologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, kafedra hodimlari, klinik ordinatorlar va magistrlar ishtirok etadi.

Konferensiyaning maxsus mehmoni: Xarkov Akademiyasi akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor, ginekolog-endokrinolog, JSST eksperti Struk Tatyana Anatolyevna.

Tashkilotchilar:

  • Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti
  • Milliy Tibbiyot Markazi

O‘tkazilish joyi: Milliy Tibbiyot Markazining majlislar zali.
Sana: 21.09.2024 soat 14:00

Bizga xabar qoldiring