• Call: 71 2051514
  • Dush - Shan: 8.00 - 17.00

Men haqimda:

Murotova Nigora Xusandjonovna — tibbiyot sohasida uzoq yillik tajribaga ega mutaxassis. U 1989-1996 yillarda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti va Samarqand Davlat Tibbiyot Institutida ta'lim olgan. Faoliyatini akusher-ginekolog sifatida Navoiy viloyati va shahar shifoxonalarida boshlagan.

Nigora Xusandjanovna salomatlikni saqlash va onalar hamda bolalar salomatligini himoya qilish loyihalarida koordinatsiya ishlarini olib borgan. U USAID/Proekt XOUPI tashkiloti va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan qo'llab-quvvatlangan xalqaro loyihalarda koordinator va mutaxassis sifatida ishlagan. Shuningdek, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti loyihalari bilan ham shug‘ullangan.

Hozirda u Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda va Milliy tibbiyot markazida xalqaro aloqalar va tibbiy turizm bo'yicha mudir sifatida ish olib bormoqda.

Tahsil olgan:

Bitirgan yil Mutaxassislik Universitet
1989-1991 Talaba Andijon Davlat Tibbiyot Instituti
1991-1996 Davolash fakulteti talabasi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti
1996-1997 Akusherlik va ginekologiya internaturasi Navoiy viloyati shifoxonasi

Ish tajribasi:

Yillar Bo'lim Lavozim Shifoxona yoki Tashkilot
1997-1998 Akusher-ginekolog Vrach Navoiy shahar markaziy poliklinikasi
1998-2000 Akusher-ginekolog Vrach Navoiy Kizilkumsement tibbiy majmuasi
2000-2007 Salomatlik koordinatori Koordinator USAID/Proekt XOUPI tashkiloti
2008-2009 Akusher-ginekolog Vrach Navoiy viloyat tug‘ruqxona majmuasi
2008-2009 Salomatlik mutaxassisi Loyihalar bo‘yicha mutaxassis Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki loyihalari
2010-2019 Loyiha koordinatori Koordinator Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti loyihalari
2019 - fevral 2020 Jamoat salomatligi Katta o‘qituvchi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti
2020 yil mart - h/v Tibbiy texnika va innovatsion texnologiyalar Katta o‘qituvchi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti
2023 yil mart - 2024 yil 5 yanvar Xalqaro hamkorlik va investitsiyalar Bosh mutaxassis O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi
2024 yil - h/v Xalqaro aloqalar va tibbiy turizm Mudir Milliy tibbiyot markazi

Murotova Nigoraxon Xusandjonovna qabuli:

Kun Vaqt
Dushanba 10:00 dan - 16:00 gacha Uchrashuv belgilash