Tashpulatov Atxamjon Axmatjanovich — ko‘p yillik tajribaga ega iqtisodiy va ma’muriy boshqaruv mutaxassisi. U Toshkent Moliya Institutida buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishida ta'lim olgan. O‘z faoliyatini 1994-yilda “Shoh – Mahmudjon” jamoa korxonasida sotuvchi sifatida boshlagan. Keyinchalik, Shayxontohur tuman boshqarmasida savdo faoliyatini tashkil etish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bo‘limida mutaxassis sifatida ishlagan.
Tashpulatov Athamjon 2005-2013 yillarda Toshkent shahar hokimiyatida savdo sohasida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan. Shuningdek, u “Toshkent Uchtepa Tekstil” MChJda menejer va “Kamelot Med Servis” MChJda omborxona mudiri lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Hozirda Tashpulatov Atxamjon Axmatjanovich Milliy tibbiyot markazida iqtisodiy-ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida ish olib bormoqda. Uning ish faoliyati boshqaruv va iqtisodiy masalalarni hal qilishga qaratilgan.
Bitirgan yil | Mutaxassislik | Universitet |
---|---|---|
2003 yil | Buxgalteriya hisobi va audit | Toshkent Moliya Instituti |
Yillar | Bo'lim | Lavozim | Shifoxona yoki Tashkilot |
---|---|---|---|
1994-1995 | Sotuvchi | “Shoh – Mahmudjon” jamoa korxonasi | |
1997-2003 | Sotuvchi | “Shoh – Mahmudjon” jamoa korxonasi | |
2003-2005 | Savdo faoliyatini tashkil etish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bo‘limi | 1-toifali mutaxassis | Savdo Departamenti, Shayxontohur tuman boshqarmasi |
2005-2013 | Savdo faoliyatini tashkil etish va iste’mol bozorini shakllantirish bo‘limi | Bo‘lim boshlig‘i | Toshkent shahar hokimiyati, Savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishi departamenti |
2015-2018 | Menejer | “Toshkent Uchtepa Tekstil” MChJ | |
2020 - h/v | Omborxona mudiri | “Kamelot Med Servis” MChJ | |
2024 yil 29.03. - h/v | Iqtisodiy-ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi | Milliy tibbiyot markazi |
Kun | Vaqt | |
---|---|---|
Juma | 14:00 dan - 16:00 gacha | Uchrashuv belgilash |