Rahmatullayev Akmal Akbarovich — tibbiyot sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis. U Samarqand Davlat Tibbiyot Institutida "Davolash ishi" bo‘yicha ta'lim olgan va "Umumiy onkologiya" mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. O‘z faoliyatini 2015-yilda Sog‘liqni saqlash boshqarmasida vrachlar va tibbiy xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishni muvofiqlashtirish bo‘limida mutaxassis sifatida boshlagan.
Keyinchalik, 2020-2023 yillarda Respublika Ixtisoslashtirilgan Kardiologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filialida umumiy masalalar va yangi texnologiyalar bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2023-yildan boshlab, u Bolalar Milliy Tibbiyot Markazida umumiy va ma'muriy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirda Milliy Tibbiyot Markazida davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida ish olib bormoqda.
Rahmatullayev Akmal Akbarovichning tajribasi tibbiyot sohasida boshqaruv va tashkilotlarni samarali boshqarish bilan bog‘liq.
Bitirgan yil | Mutaxassislik | Universitet |
---|---|---|
2011 | Davolash ishi | Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti |
2014 | Umumiy onkologiya | Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti |
2021 | Kardiologiya | Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti |
Yillar | Bo'lim | Lavozim | Tashkilot |
---|---|---|---|
2015-2019 | Attestatsiyani muvofiqlashtirish bo‘limi | Mutaxassis | Sog‘liqni saqlash boshqarmasi |
2020-2023 | Rahbariyat | Umumiy masalalar va yangi texnologiyalar bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari | Respublika Ixtisoslashtirilgan Kardiologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi, Samarqand viloyati filiali |
2023-2024 | Rahbariyat | Umumiy va ma'muriy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari | Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi |
2024-h/v | Rahbariyat | Davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (vazifasini bajaruvchi) | Milliy Tibbiyot Markazi |
Kun | Vaqt | |
---|---|---|
Dushanba | 14:00 dan - 16:00 gacha | Uchrashuv belgilash |