Bugun Milliy tibbiyot markazida sohada amalga oshirilgan ishlar natijasi hamda galdagi vazifalar ijrosi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🇺🇿Uchrashuv avvalida Markaz direktori Maqsud Saidov barcha xodimlarni Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan samimiy qutladi.
Shundan so‘ng, markaz xodimlarini rivojlangan davlatlarda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish, ular uchun stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, davolashning yangi usullarini joriy qilish kabi qator yo‘nalishlar haqida ham so‘z bordi.
Yig‘ilish davomida Toshkent shahar davlat sanitariya-epidimiologiya nazorat boshqarmasi davlat muassasi xodimi tomonidan mamlakatimiz aholisi o‘rtasida “maymun chechagi” kasalligini erta aniqlash va epidemik tarzda tarqalib ketishini oldini olish chora-tadbirlari haqida ma’ruza o‘qildi.
Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati: Zulayho Musurmonova