
Milliy tibbiyot markazining tibbiyot fanlari doktori Abdusamad Rustamov boshchiligidagi malakali proktologlar jamoasi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi proktologiya bo‘limida surunkali yo‘g‘on ichak stazi dekompensatsiya bosqichi tashxisi bilan davolanayotgan bemorda murakkab jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Mutaxassislar tomonidan spinal og‘riqsizlantirish ostida bir og‘izli kolostoma shakllantirish operatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi. Mazkur amaliyot bemorning hayot sifatini yaxshilash va keyingi davolash jarayonining samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa Milliy tibbiyot markazi mutaxassislarining hududlarda ham yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.
✍️Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati