2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi !
✅ Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz.
➡️ Hujjatlarni qabul qilish
🗓 Muddat: 2026-yil 20-avgust, soat 23:59 gacha.
🖥 Hujjat topshirish: faqat elektron shaklda medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali.
‼️ Talabgor bir qabul mavsumida 1 ta ta’lim tashkiloti va 1 ta mutaxassislikni tanlashi mumkin.
📝 Kirish test sinovlari
▪️ Sana: 2026-yil 25–30-avgust.
🏢 Test sinovlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.
📌 Qabul natijalari e’lon qilinib, qabul buyruqlari 2026-yil 10-sentyabrga qadar rasmiylashtiriladi.
📂 Elektron tarzda yuklanadigan hujjatlar:
🆔 shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
👎oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;
📑 amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
Milliy tibbiyot markazi
2026/2027 oʻquv yili uchun klinik ordinaturaga (rezidentura)
erkin o‘ringa to‘lov kontrakt asosida o‘qitish kvotalari
|
O‘qitish rejalangan mutaxasisliklar |
O‘qitish rejalangan mutaxasisliklar soni |
|
Erkin kontrakt |
|
|
Akusherlik va ginekologiya |
6 |
|
Anesteziologiya va reanimatsiya |
3 |
|
Ichki kasalliklar(terapiya) yo‘nalishlar bo‘yicha |
3 |
|
Kardiologiya |
3 |
|
Nevrologiya |
3 |
|
Neyroxirurgiya |
3 |
|
Oftalmologiya |
3 |
|
Tibbiy radiologiya |
6 |
|
Travmatologiya va ortopediya |
3 |
|
Umumiy xirurgiya |
9 |
|
Urologiya |
3 |
|
Nefrologiya |
3 |
|
Revmatologiya |
3 |
|
Onkologiya |
3 |
|
JAMI |
54
|