Milliy tibbiyot markazi nefrologiya bo‘limi mudiri, oliy toifali nefrolog, Sherali Toshpulatov ma’lumotlari shu haqda.
Yuzaga kelishi va kechishiga ko‘ra buyrak yetishmovchiliklari bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikkita nozologiya, o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchilik-lariga bo‘linadi.
O‘tkir buyrak yetishmovchiligi hozirgi zamonaviy klinik tibbiyotda o‘tkir buyrak shikastlanishi deb atalib, u ham kelib chiqish sabablariga muvofiq alohida uchta shaklga bo‘linadi:
Prerenal (buyrak oldi) o‘tkir buyrak shikastlanishi: bunda xususan buyrak va peshob ajratish yo‘llarida hech qanday kasallik bo‘lmagani holida bemorlarda peshob miqdori keskin kamayib ketadi. Unga arterial qon bosimning 80/60 mm.sim.ust.dan pasayib ketishi, organizmdan to‘satdan ko‘p suyuqlik yo‘qotilish (qon ketish, qusish, diareya va boshq...) holatlari sabab qilib qilib ko‘rsatiladi. Bunda bemorni peshob kelmay qolishi (anuriya 50 ml/sutka) bilan bir qatorda ko‘ngil aynish, qayt qilish, bosh aylanishi va bosh og‘riq kabi shikoyatlar bezovta qiladi.
Renal (buyrak a’zosi bilan bog‘liq) o‘tkir buyrak o‘tkir buyrak shikastlanishi aynan buyrakda yuzaga keladigan o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, buyrakni har xil zaharli moddalar, ba’zi dori-darmonlar va hashorotlar zahari (ilon, chayon) kabi ta’sirlar tufayli o‘tkir shikastlanishidir. Bunda bemorni peshob kelmay qolishi (anuriya 50 ml/sutka) bilan bir qatorda asosiy kasallikka xos shish, qon bosimni ko‘tarilishi, peshobni rangini o‘zgarishi hamda umumiy zaharlanish belgilari (ko‘ngil aynish, qayt qilish) kabi shikoyatlar bezovta qiladi.
Postrenal (buyrakdan keyin) o‘tkir buyrak o‘tkir buyrak shikastlanishida peshob yo‘llaridagi to‘siqlar (peshob yo‘llariga tosh, striktura (torayish), qovuq va prostata bezi o‘smalari) tufayli shepobni chiqmay qolishidir. Bunda bemorni peshob kelmay qolishi (anuriya 50 ml/sutka) va ko‘ngil aynish, qayt qilish, bosh aylanishi kabi zaharlanish belgilari bilan birga ba’zan buyrak sanchig‘i xurujlari (tosh ko‘chganida) bo‘lishi mumkin.
O‘tkir buyrak o‘tkir buyrak shikastlanishining har uchala holatida avvalo asosiy sababchi bo‘lgan kasallik davolanadi. Jumladan qon bosim meyorlashtirib buyrak tomirlaridagi filtratsiya tiklanadi, yo‘qotilgan suyuqlik to‘ldiriladi, o‘tkir buyrak yallig‘lanishlari davolanadi, peshob yo‘llaridagi to‘siqlar urolog yordamida bartaraf etilib peshob chiqarilishi rovonlashtiriladi.
O‘tkir buyrak shikastlanishi yaqqol namoyon bo‘lsa, olib borilayotgan konservativ davo chorralari samara bermasa, peshob kelavermasa va zardobda kaliy darajasi 6 mkmol/l.dan ortib ketsa bemorga tanadan tashqari davolash (ekstrokorporal terapiya), ya’ni, gemodializ usuli qo‘llanadi. Gemodializ muolajalarini o‘tkazish tartibi va muddati bemorning ahvoliga qarab individual tarzda shifokor tomonidan belgilanadi.
Shuni yodda tutish lozimki, buyrak yetishmovchiligini oldini olish uchun unga olib kelgan kasalliklarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Uning uchun tanada infeksiya o‘choqlarini (angina, kariyes, yiringli kasalliklar) muntazam bartaraf qilib borish va to‘g‘ri turmush tarziga amal qilinishi muhimdir!!!
Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati