Bugun Toshkent viloyati sogʼliqni saqlash boshqarmasi rahbariyati hamda tizimdagi muassasalarning bosh shifokorlari Milliy tibbiyot markazida boʼldilar.
Uchrashuvda soha hodimlari Milliy tibbiyot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, markazning malakali xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot oldilar.
Xususan, markazda koʼrsatilayotgan diagnostika, davolash boʼyicha ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam koʼrsatish, shu jumladan neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, proktologiya, tramotologiya, koʼz mikroxirurgiyasi, bemorlarni organlarni transplantatsiya qilish borasida koʼrsatilayotgan xizmatlar ishtirokchilarga katta qiziqish uygʼotdi.
Tashrif davomida Toshkent viloyati sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼiga Milliy tibbiyot markazining ramzi tushirilgan esdalik sovgʼasi taqdim etildi.