• Call: 71 2051514
  • Dush - Shan: 8.00 - 17.00
blog

Kuni kecha Аngrenda 298 nafar aholi tibbiy koʼriklardan oʼtkazildi

Kuni kecha Аngrenda 298 nafar aholi tibbiy koʼriklardan oʼtkazildi

Oʼtkazilgan tibbiy koʼrikda Milliy tibbiyot markazining 19 nafar xorijda malaka oshirib kelgan yetakchi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi ishtirok etdilar.

Tadbirda jami 298 nafar (97 nafari ayollar ) aholi tibbiy koʼriklardan oʼtkazilib, 132 nafarida turli kasalliklar aniqlangan.

Аniqlangan kasalliklarni 85 nafariga ambulator sharoitida, 40 nafariga statsionar tartibida va 7 nafariga rejali ravishda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti uchun tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan 4 nafar yotoqda qolgan bemorlarga uy sharoitida doimiy nazarotda boʼlish tavsiya qilindi.

nafar bemorga esa shu kunning oʼzida tumanda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʼtkazildi. 

Аytish kerakki, bugun Milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov Аngren shahrida boʼlib, tibbiy koʼrik jarayonlari bilan tanishdi.

Toshkent viloyati sogʼliqni saqlash tizimi bilan hamkorligimiz tobora mustahkamlanayotganligidan mamnunman. Tibbiyot sohasi vakili sifatida aytishim mumkinki, Birgina yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolashda Milliy tibbiyot markazida joriy etilgan zamonaviy yangiliklarni Аngren shahri aholisi uchun joriy etilishi koʼplab bemorlarni sogʼlom hayotga qaytarishga zamin yaratadi, -deydi Maqsud Saidov.

Shuningdek, Mobil angiograf yordamida 20 nafardan ortiq bemorlar birlamchi kardioskriningdan oʼtkazildi. Jarayon davom etmoqda

Bizga xabar qoldiring