• Call: 71 2051514
  • Dush - Shan: 8.00 - 17.00
blog

30-iyun — Yoshlar kuni muborak!



Hurmatli yoshlar!

Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Bugungi kunda Milliy tibbiyot markazida 800 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda. Ularning 200 nafardan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan, zamonaviy bilim va yuksak salohiyatga ega yosh mutaxassislar tashkil etadi.
Sizlarning intilishlaringiz, mehnatsevarligingiz, tashabbuskorligingiz va kasbga sadoqatingiz markazimiz taraqqiyoti hamda yurtimiz tibbiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Aziz yoshlar! Sizlarga mustahkam sog‘liq, ulkan zafarlar, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda yuksak marralar tilayman. Bilim olishdan, izlanishdan va ezgu maqsadlar sari intilishdan aslo to‘xtamang. Kelajagimiz sizlarning qo‘lingizda. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Maqsud Saidov
Milliy tibbiyot markazi direktori

Bizga xabar qoldiring