
Milliy tibbiyot markazida professor Azam Babajonov boshchiligidagi tajribali jarrohlar jamoasi tomonidan 37 yoshli bemorda jigar o‘ng bo‘lagi gemangiomasini bartaraf etish maqsadida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmoqda.
Mazkur operatsiya yuqori malakali mutaxassislar va zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida amalga oshirilayotgan bo‘lib, bemorning salomatligini tiklash hamda kasallikning asoratlarini oldini olishga qaratilgan.
Milliy tibbiyot markazida jigar va gepatobiliar tizim kasalliklarini davolash bo‘yicha yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari muntazam ravishda bajarilib, murakkab klinik holatlarda ham bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.