![]() |
Milliy tibbiyot markazida navbatdagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda markaz direktori, professor Maqsud Saidov rahbarligida bo‘lim va xizmatlar faoliyati tahlil qilinib, joriy haftada amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, xalqaro hamkorlik, ilmiy faoliyat va hududlarda olib borilayotgan tibbiy loyihalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yakunda kelgusi haftaga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar belgilab olinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha ijro intizomini kuchaytirish hamda aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi