Milliy tibbiyot markazida o‘tkazilgan yig‘ilishda bir qator hamkasblarimizning kasbiy yutuqlari va yangi lavozimlarga tayinlanishlari munosabati bilan tantanali tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi. Xususan, Jahongir Sanaqulov Jizzax ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlangani munosabati bilan jamoa tomonidan samimiy qutlandi. Shuningdek, Elyor Rizayevning yangi lavozimga o‘tgani munosabati bilan tanishtiruv marosimi tashkil etildi.
Tadbir davomida bosh shifokor Akmal Rahmatullayev hamda Koloproktologiya bo‘limi mudiri Mahliyo Xojiakbarova tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritganliklari munosabati bilan tabriklanib, ularning ilmiy faoliyati va sog‘liqni saqlash tizimiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan MEDIGAMES 2026 xalqaro sport musobaqalarida futbol bo‘yicha faxriylar toifasida munosib ishtirok etgan Nodir Ro‘ziqulov ham taqdirlandi. Tadbir yakunida barcha e’tirof etilgan mutaxassislarga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.