• Call: 71 2051514
  • Dush - Shan: 8.00 - 17.00
blog

YANA BIR MUHIM ILMIY YUTUQ!

 


Milliy tibbiyot markazi direktorining bemorlarni davolash sifati va xavfsizligi nazorati ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ramz Zoirjonovich Muhammadiyev “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Raqamli iqtisodiyot sharoitida tibbiyot muassasalari moliyalashtirish tizimini tashkiliy-uslubiy jihatdan takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Mazkur ilmiy tadqiqot sog‘liqni saqlash tizimida moliyalashtirish mexanizmlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish hamda raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan keng foydalanishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Ushbu muhim ilmiy yutuq bilan Ramz Zoirjonovichni samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy hamda kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va yangi zafarlar tilaymiz!

Bizga xabar qoldiring