Milliy tibbiyot markazi nevrologi Yulduz Nishonova Xitoyning Shanghai Huashan Hospital shifoxonasida malaka oshirib qaytdi.
Mutaxassis Parkinson kasalligida chuqur miya stimulyatsiyasi (DBS – Deep Brain Stimulation) jarrohlik amaliyotidan keyingi dasturlash (programmalash) bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladi. Huashan Hospital Parkinson kasalligi va harakat buzilishlarini davolash bo‘yicha Xitoyning yetakchi markazlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur malaka oshirish natijasida Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning DBS amaliyotidan keyingi reabilitatsiyasi va stimulyator parametrlarini individual sozlash sifati yanada takomillashtiriladi.