U Buxoro Davlat Tibbiyot Institutini, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi hamda Janubiy Koreaning Chonnam Milliy Universitetilarini tamomlagan.
👩🏻💻Sohada 10 yildan ortiq tajribaga ega.
Hozirda Bemorlarni samarali va professional tarzda davolash borasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
👩🏻⚕️Ruxsora Sultonova vrach, onkolog sifatida Onkolog bemorlarni tekshiradi, ularning tibbiy tarixini o'rganadi va kerakli tahlillar, testlar va tasvirlash usullarini (masalan, rentgen, tomografiya, MRI) o'tkazadi.
Bundan tashqari bemorning holatiga qarab, kemoterapiya, nurlanish (radioterapiya), jarrohlik yoki immunoterapiya kabi davolash usullarini belgilaydi.
Ruxsora Sultonova tajribali onkolog sifatida zamonaviy tibbiy bilimlar va usullarga asoslanib, bemorlarga eng samarali davolashni taqdim etadi.
Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati.