▶️Unda markaz rahbariyati va xodimlari ishtirok etdilar.
Seminarda tibbiyotda gender masalalari, xususan mamlakatimizda tibbiyot sohasida ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilganligi haqida ham so‘z bordi.
Shuningdek, mutaxassislar gender tenglik nima ekanligi, uning jamiyat va huquqiy tizimdagi o‘rni haqida ham tushuntirish berdilar.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida» O‘RQ-561-son, 2019 yil 2 sentyabr
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida» O‘RQ-562-son, 2019 yil 2 sentyabr
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 3-sonli qarorini
Gender (inglizcha gender – “zot”dan) jins tushunchasini fiziologik voqelik ustqurmasi bo‘lgan ijtimoiy konstruksiya sifatida belgilaydi.
Gender – bu faqat ayollarga tegishli tushuncha emas.
Gender deganda erkaklar va ayollarning ijtimoiy xulq-atvori, shuningdek, jinslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi tushuniladi.
Gender stereotiplar–bu mazkur jamiyat uchun aynan shu tarixiy davrdagi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi farqliklar to‘g‘risidagi tasavvurlar.
Gender stereotiplari deganda, “erkaklarga xos” va “ayollarga xos” tushunchalarga mos keluvchi xulq -atvor modellari va xarakter xususiyatlari to‘g‘risidagi andozalashtirilgan tasavvurlar tushuniladi”.
✍️Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati