• Call: 71 2051514
  • Dush - Shan: 8.00 - 17.00
blog

Parkinson kasalligi va tremor bilan og‘rigan bemorlar uchun bepul konsultatsiya

Harakat buzilishlari bo‘yicha PhD tadqiqotchisi, nevrolog shifokor Nishonova Yulduz Usmonovna dissertatsiya ishi doirasida quyidagi bemorlarni bepul konsultatsiyaga taklif etadi:

🔹 Parkinson kasalligi;
🔹 Turli kelib chiqish va xarakterdagi tremor;
🔹 Boshqa harakat buzilishlari.

🩺 Konsultatsiya davomida:
✔️ Harakat buzilishlariga tashxis qo‘yish va davolash;
✔️ Dori-darmon terapiyasini tanlash (jumladan, Parkinson kasalligida nutq buzilishlarini davolash);
✔️ Zamonaviy jarrohlik usuli — DBS (chuqur miya stimulyatsiyasi) uchun bemorlarni baholash, saralash va tayyorlash amalga oshiriladi.

🌍 Shifokorning malaka oshirgan markazlari:
🇷🇺 Rossiya Fanlar Akademiyasi Inson Miyasi Instituti Klinik shifoxonasi (Sankt-Peterburg);
🇹🇭 Tailandning harakat buzilishlari va neyromodulyatsiya bo‘yicha ixtisoslashgan markazlari;
🇨🇳 Shanghai Hospital, Fudan University (Xitoy).

📩 Qabulga yozilish uchun Telegram orqali murojaat qiling:
👉 @yuldusman

📋 Konsultatsiyaga kelayotganda quyidagi hujjatlarni olib kelishingiz tavsiya etiladi:
• Kasallik tarixidan ko‘chirmalar;
• Mutaxassislar xulosalari;
• Tekshiruv natijalari;
• MRT/KT tasvirlari va disklar;
• Qabul qilayotgan dori vositalari ro‘yxati.

❗️Erta tashxis va to‘g‘ri davolash hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.

✍️ Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati

Bizga xabar qoldiring