• Call: 71 2051514
  • Dush - Shan: 8.00 - 17.00
blog

Milliy tibbiyot markazida JCI standartlari asosida hamshiralik baholash shakllari joriy etilgan

 

 

Milliy tibbiyot markazida bemor xavfsizligini ta’minlash va tibbiy xizmat sifatini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish maqsadida JCI standartlari asosida hamshiralik baholash shakllari amaliyotda qo‘llanilmoqda.

Ushbu baholash shakllari yordamida bemorning holati tizimli ravishda baholanadi, yiqilish, yotoq yarasi, og‘riq kabi xavfli holatlar erta aniqlanadi, hamshiralik parvarishi samarali rejalashtiriladi hamda bajarilgan muolajalar to‘liq hujjatlashtiriladi. Bu esa bemor xavfsizligini ta’minlash va tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.



JCI standartlari asosida yuritilayotgan hamshiralik hujjatlarining muhim qismi — birlamchi hamshiralik ko‘rigi hisoblanadi. Mazkur shakl bemor shifoxonaga qabul qilingan paytda uning nafaqat kasalligi, balki jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va funksional holatini ham kompleks baholash imkonini beradi.

Bunday yondashuv har bir bemor uchun individual parvarish rejasini ishlab chiqish, xavflarni kamaytirish va davolash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️ Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati

Bizga xabar qoldiring